Saytning yangi ko’rinishi sinov rejimida ishlamoqda. Saytning eski ko’rinishi

Vakansiyalar

Agar Siz kompaniyamizda ishlash istagida bo’lsangiz, o’z rezyumeyingizni bizga yuborishingiz yoki nomzod anketasini saytimizdan o’zingizga yuklab olib, to’ldirib, so'ng elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin.

E-mail: info@ungd.uz

 

Ishga qabul qilish tartibi

Kompaniya va uning bo’linmalaridagi mеhnat munosabatlari mеhnatga oid qonunchilik va  ichki normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Kompaniya ijroiya apparatiga tanlagan kasbi bo’yicha tеgishli ma'lumot va ish stajiga ega va suhbatdan o’tgan mutaxassislar ishga qabul qilinishlari mumkin.

 

Ishga qabul qilinishda quyidagi hujjatlarni taqdim etish talab qilinadi:

  • pasport yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjat;
  • mеhnat daftarchasi;
  • harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobga turish guvohnomasi;
  • oliy yoki o’rta-maxsus o’quv yurtini tamomlaganlik to’g’risidagi diplom;

Ishga qabul qilish  Kompaniya boshqaruv raisining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi, ishga qabul qilishga asos bo’lib xodim bilan tuzilgan mеhnat shartnomasi xizmat qiladi.

Hozirgi kunda “O’zneftgazqazibchiqarish” AK ijroiya apparatida bo’sh ish o’rni mavjud emas.